Antibakterial himoya tish pastasi - Tog' lavandasi

Artikul#417381

Hajm100 ml

Bio faol tish pastasi og'izdan keladigan noxush hid keltirib chiqaruvchi bakteryalardan himoya qiladi, tishlar va milklar salomatligini ushlab turadi. Lavandaning tabiiy efir moyi butun organizmga ijobiy ta'sir qiladi, og'iz bo'shlig'idagi mikrofloraning to'g'ri muvozanatini ushlab turadi.

Taʼrifi

Nafasingizni tetiklashtiring! Bakteriyalarga qarshi tabiiy himoya va lavandaning yorqin ifori.

Tog' lavandasining efir moyidan tashkil topgan tish pastasi og'izdan keluvchi noxush hidning asosiy sababchisi - mikroflora va mahalliy immunitetni buzuvchi patogen mikroorganizmlarga qarshi kurashadi.
Tabiiy komponentlar (98,3%) yallig'lanishning rivojlanishi va milklar bilan bog'liq muammolarning oldini olgan holda og'iz bo'shlig'ining salomatligi haqida qayg'uradi.

  • Xavfsiz
    Qattiq sentetik antiseptiklar, xushbo'ylashtirgichlar, tajovuzkor ko'pik hosil qiluvchilarsiz.
  • Tabiiy tarkib
    ingrediyentlarning 93 % tabiiy komponentlardan tashkil topgan.
  • Bakteriyalardan himoya.
    Lavanda va bisabolol efir moyi mash'hur tabiiy antiseptiklar.
  • Baxt ifori
    Lavanda antistress sifatida ishlab, tinchlantiradi, ijobiy kayfiyat beradi.

Go'zal tabassum uchun tabiatning qudrati

• Lavanda efir moyi
Tinchlantiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, bakteriyalarga qarshi kuchli himoya.
• Binafshasimon loy
Milklarni tetiklantiradi, 100 % tabiiy bo'yoq.
• Аlfa-bisabolol
Kariyes, paradontitning paydo bo'lishi va og'iz bo'shlig'ining shamollashining sababchilari hisoblangan bakteriyalarning ikkita turiga qarshi antimikrob ta'sir ko'rsatadi.
– S. mutans (tish emalining demineralizatsiyasiga olib keladi)
– P. gingivalis (milklarning kasallanishini qo'zg'aydi).
• Oltoq laklangan daraxt zamburug'i ekstrakti.
Kuchli antioksidant, imminitetni tartibga soluvchi va modullashtiruvchi xususiyatga ega organik germaniy manbai hisoblanadi. Hujayralarning yangilanishini yaxshilaydi.
• Sibir odamgiyohi ekstrakti (eleuterokokk)
Og'iz bo'shlig'i mikroflorasining muvozanatini saqlaydi.
•  Kaliy tuzlari
Tishlarning yuqori ta'sirchanligini pasaytiradi.
•  Magnoliya ekstrakti
Kariyesogen bakteriyalar va toshlardan himoya qiladi, og'izdan keladigan noxush hidni kamaytiradi.
• Aloe barglari sharbati
To'qimalarning tiklanishi va regeneratsiyasiga yordam beradi.

Siberian Wellness tabiiy tish pastalari kimki:
— og'iz bo'shlig'i uchun tabiiy parvarishni izlayotgan,
— har kuni parvarishlash uchun tish pastasi tanlayotgan,
— kariyesdan profilaktikaga ehtiyoj sezsa,
— toza nafas haqida qayg'urayotgan,
— lavanda iforini yoqtiruvchilar uchun yaratildi.

Qoʻllanilishi

Kuniga kamida ikki marta tishlarni va ularga yaqin joylashgan milklarning yuzalarini tozalash. Bolalar tishlarini no'xat kattaligi miqdoridagi pasta bilan kattalarning kuzatuvi ostida yuvishlari kerak.

Tish pastasini "Elbeshen" og'iz bo'shlig'i uchun balzamli chaygich bilan birgalikda qo'llash tavsiya etiladi.

Tarkibi

Faol komponentlar: lavanda efir moyi, binafsharang loy, Oltoq laklangan daraxt zamburug'i ekstrakti, Sibir odamgiyohi ekstrakti (eleuterokokk), kaliy tuzlari, magnoliya ekstrakti, aloe vera geli.

Ingrediyentlar (INCI): aqua/water, sorbitol, hydrated silica, aloe barbadensis leaf juice, cocoyl methyl glucamide, cellulose gum, phenoxyethanol, xanthan gum, kaolin, menthol, potassium citrate, arginine, sodium saccharin, ethylhexylglycerin, lavandula angustifolia oil, bisabolol, ganoderma lucidum stem extract, eleutherococcus senticosus root extract, magnolia officinalis bark extract, maltodextrin, glycerin, sorbic acid, potassium sorbate, citric acid, sodium benzoate, linalool.

Fikr bildirish