"Sibir" tish pastasi, tishlarni kundalik parvarishlash va ularning salomtligi uchun.

Artikul#411378

Hajm100 ml

Ushbu tish pastasining yumshoq asosi, hatto sezuvchan tishlarning ham emal qobig'iga zarar yetkazmagan holda avaylab va samarali tozalashga imkon beradi.

Taʼrifi

  • Chakanda ekstrakti va yog'i – bu milklar va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining shikastlanishini davolash uchun uzoq davrlardan buyon qo'llanilib kelingan eng yaxshi tabiiy vositalardandir.
  • Kalendula ekstrakti kariesogen bakteriyalarning ko'payishiga to'sqinlik qiladi va og'iz bo'shlig'ining mo'tadil mikroflorasini tiklaydi.
  • Tog'rayxon ekstrakti kuchli antioksidant ta'sirga ega bo'lib, milklarning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi va tarkibida efir yog'lari ko'pligi sababli ajoyib soflantiruvchi samara beradi.

Ushbu mahsulot hayvonlarda sinovdan oʻtkazilmagan. Natriy laurilsulfati, dagʻal abraziv komponentlar va sintetik boʻyagichlarni saqlamaydi. Parabenlarsiz va ftorsiz.

Qoʻllanilishi

Kuniga kamida ikki marta tishlarni va ularga yaqin joylashgan milklarning yuzalarini tozalash. Bolalar tishlarini no'xat kattaligi miqdoridagi pasta bilan kattalarning kuzatuvi ostida yuvishlari kerak. Tish pastasini "Elbeshen" og'iz bo'shlig'i uchun balzamli chaygich bilan birgalikda qo'llash tavsiya etiladi.

Tarkibi

Faol tarkibiy qismlari: Oltoy chakandasi yog'i va tabiiy sharbati, kalendula ekstrakti, tog'rayxon ekstrakti.

Tarkibi: suv, sorbitol, tiksosil, glitserin, lauroilsarkozinat, karboksimetiltsellyuloza, euksil, chakanda yog'i, kalendula matserati, kaliy sitrat (kaliy limon nitrati), chakanda ekstrakti (mevalari), natriy saxarinati, karamellangan shakar, keldent (ksantan shirasi), tabiiy mentol, alfa bisabolol, tog'rayxon ekstrakti.

Fikr bildirish