Vitamin-mineralli majmua - Ритмы здоровья

Artikul 500048
O'ramdagi soni 60ta kapsula (har bir formulada 30ta kapsula)
Toʻlaqonli vitamin-mineralli majmua aʼlo darajadagi kayfiyatni qoʻllab turish va viruslarga va infeksiyalarga ishonchli zarba berish uchun xronobiologiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Taʼrifi
Toʻlaqonli vitamin-mineralli majmua aʼlo darajadagi kayfiyatni qoʻllab turish va viruslarga va infeksiyalarga ishonchli zarba berish uchun xronobiologiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Odam organizmini faolligini tartibga soluvchi universal dasturning rolini bizning biologik tizimimizni oʻz-oʻzini tashkillashtirishning oliy belgisi hisoblanmish biologik maqomlar (biomaqomlar) bajaradi.
Biologik maqomlar barcha aʼzolarning maksimal samarali faoliyat yuritishini taʼminlaydi va qimmatli resurslarni tejamkorlik bilan xarajat qilishga yordam beradi. Ularning davomiyligiga (sutkalik, oylik, mavsumiy) bogʻliq boʻlmagan holda, ularning barchasi organizmning faolligini orttirilishi yoki pasaytirilishi uchun javob beradi. Bunday mexanizm odamning fiziologik zaxiralarini toʻlaqonli tiklanishini va aʼzolarda zaruriy moddalarning taqsimlanishini taʼminlaydi.
«Salomatlik maqomlari» – bu koʻp tomonlama taʼsir bilan farqlanib turuvchi zamonaviy vitamin-mineralli majmuadir. Uning tarkibidagi barcha vitaminlar, mikroelementlar va giyohli ekstraktlar shunday tarzda tanlanganki, ular bir vaqtning oʻzida ikki samarani taʼminlaydi. Bir tomondan, "Salomatlik maqomlari" asosiy vitaminlar, vitaminsimon moddalar va mikroelementlarni tanqisligini toʻldiradi, boshqa tomondan - organizmning biologik maqomlarini uygʻunlashtirishga yordam beradi.
Ertalabki formula: faollikni, umumiy tonusni va ish qobiliyatini oshirish
«Salomatlik maqomlari» ertalabki formula tarkibiga tonusni va ish qobiliyatini oshirishga yordam beruvchi barcha zaruriy vitaminlar, hamda noyob giyoh komponentlar: eleuterokokk, qichitqioʻt barglari, koʻk choy va karotinoid likopin kiritilgan. Ularning taʼsirini kapillyar protektor va dezintoksikatsiya taʼsirli digidrokvertsetin kuchaytiradi.
Kechki formula: toʻlaqonli dam olish va kuchlarni tiklash
«Salomatlik maqomlari» kechki formula - bu hujayralarni tiklash uchun zarur boʻlgan muhim mikroelementlar va vitaminsimon moddalar bilan organizmni taʼminlovchi murakkab fitomineral mahsulotdir.
Ushbu formulaning tarkibiga tinchlantiruvchi, umumiy mustahkamlovchi, yoshartiruvchi va diuretik taʼsirga ega boʻlgan maxsus fitomajmua, hamda nofaol quritilgan xamirturush hujayralardan (Saccharomyces cerevisiae) tashkil topgan moddalar toʻplami kiradi. Bundan tashqari, u tabiiy ozuqaviy shaklad selen va molibdenning yuqori dozalanishi bilan toʻldirilgan.
Shunday qilib, kechki formula tungi biomaqomlarning asta-sekin uygʻunlashishga yordam beradi.
Qoʻllanilishi
Kattalarga ertalabki majmuaning 1 kapsulasidan ertalab va kechki formulaning 1 kapsulasidan kechqurun ovqat vaqtida qabul qilinadi. Qabul qilish muddati - 1 oy. Qabul qilishni bir yilda 2-3 marta takrorlash tavsiya etiladi. Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar: mahsulot komponentlarini shaxsiy koʻtaraolmaslik, homiladorlik va koʻkrak bilan emizish. Qoʻllashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Tarkibi
Ertalabki formula
N33802/1 vitaminli premiks (Ch vitamini, nikotinamid, E, B₆, B₁, B₂, A vitaminlari, folat kislotasi, biotin, K₁ vitamini, pantoten kislotasi, B₁₂, D₃ vitaminlari), likopin, eleuterokokk ekstrakti, koʻk choy ekstrakti, beta-karotin, E vitamini, paraaminobenzoy kislota, koenzim Q10, lavitol (digidrokvertsetin), D₃ vitamini, A vitamini, folat kislotasi.
Oʻsimliklar (glyuten), soya, xantal, kunjut, selderey, sut, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va ularni qayta ishlash mahsulotlarini izlari mavjudligi ehtimoli bor.
«Ertalab» majmuasining 1 kapsulasi quyidagilarni saqlaydi:
| FAOL KOMPONENTLAR | OGʻIRLIGI, MG | ITD* DAN % |
| A vitamini (retinol atsetati) | 1,14 mg | 127** |
| D₃ vitamini (xolekaltsiferol) | 13,2 mcg | 132** |
| E vitamini (alfa-tokoferoli atsetati) | 19,4 mg | 129** |
| K₁ vitamini (filloxinon) | 72 mcg | 60 |
| B₁ vitamini (tiamin gidroxloridi) | 1,5 mg | 100** |
| B₂ vitamini (riboflavin) | 1,53 mg | 85 |
| B₆ vitamini (piridoksin gidroxloridi) | 1,9 mg | 95 |
| B₁₂ vitamini (sianokobalamin) | 3,23 mcg | 108** |
| C vitamini (askorbin kislotasi) | 106 mg | 118** |
| PP vitamini (nikotinamid) | 14,7 mg | 73,5 |
| B₉ vitamini (folat kislota) | 0,545 mg | 136** |
| B₅ vitamini (kalsiy pantotenati) | 5,23 mg | 105** |
| H vitamini (D-biotin) | 120 mcg | 240** |
| Likopin | 4 mg | 80 |
| Beta-karotin | 4,95 mg | 99 |
| Digidrokvertsetin | 8,7 mg | 34,8 |
| Paraaminobenzoy kislotasi | 16,2 mg | 16,2 |
| Q10 koenzimi | 11,25 mg | 37,5 |
| B + E eleuterozidlar | 0,28 mg | 28 |
Kechki formula
CustoMix Minerals vitamin-mineralli premiks (temir, rux, mis, marganets, inozitol, yod, selen), mavrak ekstrakti, valeriana ekstrakti, qirqboʻgʻin ekstrakti, Lalmin Mo 2000™ (molibden saqlovchi infaollashtirilgan xamiirturush Saccharomyces cerevisiae), Boyqol shlemnigi ekstrakti, fukus ekstrakti, rux sitrati, Lalmin Se 2000™ (selenometionin shaklida selen saqlovchi infaollashtirilgan xamirturush Saccharomyces cerevisiae), marganets asparaginati, xrom pikolinati.
Oʻsimliklar (glyuten), soya, xantal, kunjut, selderey, sut, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va ularni qayta ishlash mahsulotlarini izlari mavjudligi ehtimoli bor.
«Kechki» majmuaning 1 kapsulasi quyidagilarni saqlaydi:
| FAOL KOMPONENTLAR | OGʻIRLIGI, MG | ITD* DAN % |
| Mis | 0,73 mg | 73 |
| Yod | 117 mcg | 78 |
| Temir | 10,7 mg | 107**¹/59,4² |
| Marganets | 2 mg | 100** |
| Selen | 80 mcg | 107**¹/145**² |
| Rux | 13 mg | 108,3** |
| Molibden | 75 mcg | 107** |
| Xrom | 200 mcg | 400** |
| Baykalin | 3,3 mg | 33 |

