Organik magniy

Organik magniy
Artikul 500038
O'ramdagi soni 60ta kapsula
Tabiiy antistress: tsitrat shaklidagi organik magniy valeriana va bioflavonoidlar bilan birgalikda.
- Qon bosimning meʼyorlashishiga yordam beradi.
- Mushaklarga va qon tomirlarga spazmolitik taʼsir koʻrsatadi.
- Yurak-qon tomir tizimiga ijobiy taʼsir qiladi.
- Tinchlantiruvchi taʼsirga ega va uyqu buzilishi va asabiylikda qoʻllaniladi.
- Bosh ogʻrigʻini yengillashtiradi.
Taʼrifi
Tabiiy antistress-formula: tsitrat shaklidagi organik magniy qon bosimining meʼyorlashishiga yordam beradi, tinchlantiruvchi taʼsirga ega va tungi uyquning sifatini yaxshilaydi. Valeriana va bioflavoniodlar bilan birgalikda his-tuygʻuli holatlarni uygʻunlashtiradi va yuqori havotirlikni pasaytiradi.
Magniy - tabiiy osoyishtalik mineralidir.
Magniyning bosh funksiyalaridan biri mushaklarni, qon tomirlarni va yurakni boʻshashtirish jarayonlarini tartibga solish hisoblanadi. Shu munosabat bilan u yaxshi uyqu va stress turgʻunligiga yordam beradi.
Ushbu majmuada magniy limon kislotaning organik tuzi - magniy sitrati koʻrinishida saqlanadi, bu uning yuqori biooʻzlashtirilishi bilan ifodalanadi. Biroq suvda yaxshi eruvchanligi - taʼsirning keng spektriga ega boʻlgan magniy sitratining xususiyatlaridan yagonasi emas:
Qoʻllanilishi
Mahsulot qoʻshimcha quyidagi giyohlarning ekstraktlari bilan boyitilgan:
• Valeriana ekstrakti yuqori nerv taʼsirchanlikda, uyqusizlikda, yurak nevrozlarida, qon tomirlarning spazmlarida, gipertoniyada, migrenda, jazavada, meʼda-ichak yoʻllari aʼzolarining spazmlarida ravon sedativ samaraga ega.
• Doʻlana barglari va gullarining ekstrakti yurak nevrozida va klimakteriyada holatni yaxshilashga qodir, qon bosimining pasaytirilishiga yordam beradi, yurak kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarni uyqusini yaxshilayda, tinchlantiradi.
• Boyqol shlemnigining ekstrakti markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, yuqori qoʻzgʻaluvchanlikni pasaytiradi, uyquni yaxshilaydi, bosh ogʻriqlarini kamaytirishga, qon tomirlarning kengayishiga, arterial bosimning pasayishiga yordam beradi.
Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 3 kapsuladan qabul qilinsin. Qabul qilishning tavsiya etiluvchi davomiyligi - 1 oy.
Tarkibi
Magniy tsitrati, valeriana ekstrakti, doʻlananing barglari va gullari ekstrakti, baykal shlemnigining ekstraktlari.
Baliq moyi, soya, boshoqli oʻsimliklar (glyuten), xitozan (qisqichbaqasimonlar) va glyukozamin (mollyuskalar) izlari mavjudligi ehtimoli bor.
3 kapsula tarkibi:
| Faol komponentlar | OgʻIrligi, mg | ITD* dan % |
| Baykalin | 7,5 | 75 |
| Magniy | 174 | 43,5 |
| Seskviterpen kislotalar valeren kislotaga qayta hisoblashda | 0,375 | 18,8 |
| Flavonoidlar (viteksin-2-ramnozid va giperozid) | 1,35 | 13,5 |

