GLUCO Box / Qand miqdori nazorati - DAILY Box to'plami

Qonda qand miqdorini nazorat qilish va metabolik sindromga qarshi kurashish uchun xelatlangan xrom, suli beta-glyukanlari va o'simlik ekstraktlari kompleksi.

Artikul 500952

O'ramdagi soni 4 kapsulali 30ta paket

Taʼrifi

Qand miqdoringizni nazorat ostiga oling
GLUCO Box bilan kuniga 5 soniyada!

Metabolik sindrom - siz haqingizda emasmi? Kelajakda muammolarni hal qilishga tayyor emasmisiz yoki sizga hoziroq yordam kerakmi? Faollikni saqlash va o'zingizni doimo yaxshi his qilish qiyin kechishi mumkin, ammo endi sizning yordamchingiz bor!

Tarkibida xelatlangan xrom, suli beta-glyukanlari va qondagi qand miqdorini barqarorlashtiruvchi o'simlik ekstraktlari bo'lgan GLUCO Box kompleksi uglevod va yog' almashinuvini normallashtirishga yordam beradi. Biologik faol komponentlar ortiqcha glyukozaning so'rilishini va yomon xolesterin hosil bo'lishini oldini oladi, shuningdek, ko'plab jiddiy surunkali kasalliklarning sababchisi bo'lgan ortiqcha insulin miqdorini pasaytiradi.

Moddalar almashinuvi sizning qo'lingizda

3 tasi 1 da: moddalar almashinuvi ustidan maksimal nazorat qilish uchun - uchta samarali formula.

  • Glyukozaning umumiy nazorati
    Ikki innovatsion ekstrakt - shumtol (faol komponentlar - nujenidlar; Naturex, Fransiya) va olma (ta'sir qiluvchi modda - floridzin; Roelmi HPC, Italiya) - GLUCO Boxni metabolik sindromga qarshi kompleks kurashda zamonaviy yordamchiga aylantiradi. Ularning tarkibidagi nujenidlar va floridzin ichak va buyraklarda ortiqcha glyukozaning so'rilishini bloklaydi, shuningdek hujayralarning insulin va glyukozaga sezgirligini oshiradi. Natijada, organizm mushaklarning ishlashi uchun glyukozadan foydalanish qobiliyatini tiklaydi.
  • Insulin rezistentligiga qarshi kurash
    Suli beta-glyukanlari ichak mikroflorasi holatini normallashtiradi, kkilamchi hazm qilish jarayonida hosil bo'lishi mumkin bo'lgan qo'shimcha glyukozaning qon oqimiga kirishiga to'sqinlik qiladi. Ozuqaviy tolalar sifatida ishlagan holda, komponent, shuningdek, ichaklardan yog' va glyukozaning so'rilish tezligini pasaytiradi, bu qand miqdori va insulin ishlab chiqarilishining keskin o'zgarishlarining oldini oladi. Suli beta-glyukanlari yomon xolesterin shakllanishiga to'sqinlik qilib, yurak-qon tomir muammolarining rivojlanishini oldini oladi.
  • Metabolizmni faollashtirish
    Xelatlangan xrom eleuterokokk, ko'k choy va momordika ekstraktlari bilan birgalikda glyukozaning qondagi darajasini pasaytirib, uning utilizatsiya qilinishini faollashtiradi. Shu tufayli semirishning va yurak-qon tomir tizimi bilan bog'liq muammolar rivojlanishining asosiy sababi bo'lgan glyukozaning yog'larga o'zgarish jarayonining faolligi pasayadi. Bundan tashqari, xrom ishtahani samarali ravishda pasaytiradi, semizlik bilan kurashishga yordam beradi, bu katta yoshdagi odamlarda qomadni tuzatish uchun ayniqsa muhimdir.

Kimlar uchun?
• 30 yoshdan oshgan odamlar uchun
• Shirinlikni sevuvchilar uchun
• Metabolik sindrom profilaktikasi uchun
• Noqulay irsiyatga ega bo'lgan shaxslar uchun

Qoʻllanilishi

1. Kuniga bir marta
2. Bitta o'ramni oling
3. Uning tarkibini ovqat bilan isteʼmol qiling
Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Zarurat tugʻilganida qabul qilishni takrorlash mumkin.

Tarkibi

1-kompleks (xantal rangli kapsula, 30 x 600 mg)
Tarkibi: achchiq qovun ekstrakti (momordika), ko'k choy ekstrakti, eleuterokko ekstrakti, xrom pikolinat. Kapsula qobig'i: mol jelatini, suv.

2-kompleks (och rangli kapsula, 60 x 400 mg)
Tarkibi: SweOat® suli kepagi (28%  eruvchan beta-glyukon tolalar tarkibi bilan). Kapsula qobig'i: mol jelatini, suv.

3-kompleks (sut rangli kapsula, 30 x 500 mg)
Tarkibi: SweOat® suli kepagi (28% eruvchan beta-glyukon tolalar tarkibi bilan) , Glucevia® shumtol ekstrakti, SelectSIEVE®Apple PCQ olma mevasi ekstrakti (15-30% floridzin) Kapsula qobig'i: mol jelatini, suv.

Tarkibida oz miqdorda soya, xantal, kunjut, selderey, sut, baliq, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar bo'lishi mumkin.

Mahsulot tarkibida choʻchqa jelatini mavjud emas.

1 ta paket (4 ta kapsula) tarkibida quyidagilar  mavjud:

FAOL KOMPONENTLAROGʻIRLIGIAID*DAN %
Xrom (pikolinat xromdan)244 mkg487**
Eleuterozidlar0,4 mg40
Beta-glyukanlar213 mg107**
Nujenidlar10 mg
Katexinlar15 mg15
Polifenollar90 mg90
   shu jumladan glikozid floridzin13,5 mg

Fikr bildirish